TADBIRKORLAR UCHUN MUTLAQO FOYDALI TAKLIF

Tashkent INDEX majmuasida o’z biznesingizni ishga tushirish vaqti keldi!

Siz uchun qulay takliflar:

  • Boshlang’ich to’lov atigi 15%;
  • O’z do’koningizni 36 oyga muddatli to’lovga xarid qiling!

Bugunoq biz bilan bog’laning va o’z do’koningizni ishga tushiring!

Loyihani ko’rish

Arizangizni qoldiring

Shaxsiy ma’lumotlaringizni qoldiring. Biz siz bilan qisqa vaqt ichida bog’lanamiz.

TASHKENT INDEX HAQIDA

TASHKENT INDEX — bu ishlab chiqarish va tijorat hududlaridan iborat bo’lgan yirik savdo va ishlab chiqarish majmuasi. TASHKENT INDEX majmuasida ishlab chiqarish, savdo, kafe va restoran hamda ofislar uchun maydonlar barpo etilmoqda.

Ishlab chiqarish maydonlari

Samarali ishlab chiqarish uchun 511 m2 dan 1283 m2 gacha bo’lgan maydonlar

Batafsil

Ishlab chiqarish maydonlari

Samarali ishlab chiqarish uchun 511 m2 dan 1283 m2 gacha bo’lgan maydonlar

TASHKENT INDEX majmuasi hududida maydoni 511 m2 dan 1283 m2 gacha va shift balandligi 8,4 metrgacha bo‘lgan 130 dan ortiq ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan maydonlar barpo etilmoqda.

Bir qavatli binolar xodimlar soni kam bo‘lgan hamda mahsulotlarini kichik hajmda ishlab chiqaradigan korxonalar uchun mo‘ljallangan. Ikki qavatli binolarda esa nafaqat ishlab chiqarish, balki ofis joyini ham tashkil etish imkoni bor. Ushbu variant korxonaning operatsion faoliyatini bevosita nazorat qilishni istalganlar uchun mukammal yechimdir.

TASHKENT INDEX majmuasining ishlab chiqarish zonasida omborxonalar, yuk avtomobillari uchun qulay kirish yo‘llari, har bir binoda alohida ventilyatsiya tizimi, qo‘riqlash va boshqa xizmatlarni o‘z ichiga oladigan zamonaviy infratuzilma bunyod etilmoqda. Shu bilan birga, majmua hududida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalari tabiiy gaz va elektroenergiya bilan uzluksiz ta’minlanadi.

Kichik ishlab chiqarish fa ofis maydonlari

Muvaffaqiyatli kichik tadbirkorlik uchun 17 m2 dan 84 m2 gacha ikkinchi qavatdagi maydonlar

Batafsil

Kichik ishlab chiqarish fa ofis maydonlari

TASHKENT INDEX majmuasining ikkinchi qavatida muvaffaqiyatli kichik tadbirkorlik uchun 17 m2 dan 84 m2 gacha maydonlar o’rin oladi. Ushbu maydonlar turli xil kichik biznes faoliyatlarga mo’ljallangan. Bu yerda siz kichik ishlab chiqarish, atelye, xizmat ko’rsatish punkti, omborxona, ustaxona yoki shaxsiy ofisingizni tashkil etishingiz mumkin.

TASHKENT INDEX majmuasida kichik tadbirkorlik uchun haqiqatdan ham katta imkoniyatlar yaratilgan. Majmua hududida tadbirkorlar uchun yuk avtobazasi, logistika markazi, qo’riqlash va klining xizmatlari mavjud.

TASHKENT INDEX majmuasidagi sotib olingan maydonlarga mol-mulk huquqi rasmiylashtiriladi va barcha kadastr hujjatlari beriladi. Bu degani Siz biznesingiz uchun shaxsiy maydoningizga ega bo’lasiz.

Do’konlar

Barakali savdo uchun 9 m2 dan 68 m2 gacha bo’lgan do’konlar

Batafsil

Do’konlar

Majmuaning tijorat zonasida xo’jalik mollari va oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib, kosmetika va qurilish buyumlarigacha bo’lgan keng ko’lamdagi tovarlar bilan savdo qilish uchun mo’ljallangan do’konlar barpo etiladi. Majmua hududida maydoni 9 m2 dan 68 m2 gacha bo’lgan jami 3 000 ta do’kon mavjud.

TASHKENT INDEX majmuasida tijorat maydonlarining mazkur tartibda joylashuvi tashrif buyuruvchilarning xarid qilishlari uchun qo’shimcha qulayliklar yaratadi. Endilikda mahsulotlar taklifi xaridorlarning ehtiyoj turlariga qarab alohida maydonlarga ajratiladi.

TASHKENT INDEX majmuasida qulay va zamonaviy savdo uchun MIMAR SERVICE boshqaruv kompaniyasi servis, elektron tijorat platformasi va boshqa xizmatlar mavjud.

Umumiy ovqatlanish majmuasi

11 m2 dan 138 m2 gacha bo’lgan umumiy ovqatlanish nuqtalari

Batafsil

Umumiy ovqatlanish majmuasi

TASHKENT INDEX hududida yangi formatdagi restoran majmuasi yaratilmoqda. Bu yerda Siz restoraningiz tashrif buyuruvchilari uchun alohida ajratilgan joylar hamda shinam ochiq terrasalarni tashkil etishingiz mumkin.

TASHKENT INDEX majmuasida restoran yoki kafe ochgan holda, Siz barcha muhandislik kommunikatsiyalar va zamonaviy infratuzilma bilan jihozlangan tayyor ish joyiga ega bo’lasiz

Shuningdek, biz barcha biznes jarayonlarini osonlashtirish bo’yicha mas’uliyatni o’z zimmamizga olamiz. Bu degani biz restoran binolari hududida doimo tozalik, xavfsizlik va tartib bo’lishi uchun ish olib boramiz. Endi sizning asosiy vazifangiz faqatgina mazali ovqatlarni tayyorlash hamda mijozlaringizning barcha ehtiyojlarini to’laroq qondirishdan iborat.

TASHKENT INDEX raqamlarda

710000 m2

majmuaning umumiy maydoni

130

ishlab chiqarish maydonlar soni

3000

tijorat do’konlar soni

3000

kichik tadbirkorlik uchun maydonlar soni

200

umumiy ovqatlanish nuqtalar soni

500 000 kishi

 kunlik tashrif buyuruvchilar soni

Tadbirkorlik uchun qulayliklar

Logistika markazi

eksport qiluvchilarga ko’mak beradi

Servis xizmatlari

qo’riqlash va tozalash xizmatlari, uzlukiz kommunikatsiya ta’minoti

Tayyor infratuzilma

uzluksiz gaz, suv va energiya ta’minoti, ventilyatsiya tizimlari, qulay avtomobil yo’llari

Odamlar bilan gavjum

kunlik 500 000 tashrif buyuruvchilar

Qulay transport infratuzilmasi

viloyatlararo taksi va avtobuslari uchun bekatlar

Ko’rgazmalar majmuasi

mahsulotlar ko’rgazmalarni tashkil etish uchun

Mehmonxona va konferens-zallari

xorijiy hamkorlar va muzokaralar uchun

Yuk avtobazasi

transport sarf-xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi

Har qanday biznes uchun maydonlar

ishlab chiqarish, do’kon, restoran, ofis maydonlari

Biz haqqimizda

MIMAR Development O’zbekistonning eng yirik va tez suratlar bilan rivojlanayotgan developerlik kompanyialaridan bo’lib, turar-joy mavzelari, sanoat hamda ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar qurilishi sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga ixtisoslashtirilgan.

Zamonaviy, qulay, xavfsiz shahar muhitini yaratish hamda ijtimoiy, transport va iqtisodiy infratuzilmani takomillashtirishni biz o’zimizning missiyamiz deb bilamiz.

TADBIRKORLAR TASHKENT INDEX HAQIDA

Nasiba Alimova

Umumiy ovqatlanish nuqtasining egasi

Ayni paytda Sergeli va Yangihayot tumanlari jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqdalar. Bu yerda turar-joy majmualari, savdo nuqtalari qurilmoqda. Shuning uchun men odamlar bilan gavjum joyda, TASHKENT INDEX’da o’z qahvaxonam uchun tayyor joy sotib oldim.

Avazbek Maxmudov

yosh tadbirkor

Avval men frilansda marketolog bo’lib ishlaganman. Vaqt o’tgan sayin ish hajmlari ko’payib ketgan. Shu sababli ofis topib xodimlarni ishga olmoqchi edim. TASHKENT INDEX haqida eshitib, o’zim uchun ofis ijaraga olish emas, balki sotib olish kerak degan qaroga keldim. Shuning uchun TASHKENT INDEX da shaxsiy ofis maydonini sotib oldim.

Kamola Ganiyeva

Atelye asoschisi

Men 10 yildan buyon ayollar uchun kiyim tikish bilan shug’ullanaman. Uzoq vaqt davomida o’z atelye ochish orzu qilganman. TASHKENT INDEX haqida ma’lumotlarni ko’rib, atelye uchun yaxshi joy bo’ladi deb o’yladim. Yaqinda ikkinchi qavatda kichik tadbirkorlik uchun joy oldim. Bu yerda barcha sharoitlar mavjud: turli xil do’konlar, keng avtomobil yo’li, restoran va kafelar va boshqa obyektlar. Yaqin vaqt ichida TASHKENT INDEX’da yana do’kon sotib olish ham niyatim bor.

Aziz Hamidov

Ishlab chiqaruvchi tadbirkor

Bir necha yildan buyon ishlab chiqarish korxonam chekka hududda joylashgan edi. O’sha yerda har doim gaz, suv, energiya ta’minoti bilan muammolar bo’lgan. Ishlab chiqarish liniyalari maksimal darajada ishlamagan. Shu sababli men ishlab chiqarishim uchun boshqa joy topishga harakat qilganman. TASHKENT INDEX’ni tanladim. Meni fikrimcha, TASHKENT INDEX ishlab chiqaruvchilar uchun mukammal joy. Chunki bu yerda uzluksiz energiya ta’minoti, xavfsizlik va tozalik ta’minlanadi. Qurilayotgan logistika markazi esa ishlab chiqaruvchilarga eksport imkoniyatlarini ochib beradi.

ENG KO’P BERILADIGAN SAVOLLAR

TASHKENT INDEX majmuasida ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko’rsatish uchun turli xil maydonlar mavjud:

  • Samarali ishlab chiqarish uchun 511 m2 dan 1283 m2 gacha bo’lgan maydonlar.
  • Muvaffaqiyatli kichik tadbirkorlik uchun 17 m2 dan 84 m2 gacha ikkinchi qavatdagi maydonlar
  • Barakali savdo uchun 9 m2 dan 68 m2 gacha bo’lgan do’konlar
  • 11 m2 dan 138 m2 gacha bo’lgan umumiy ovqatlanish nuqtalari

Ko‘chmas mulki narhi joyning maydoni, turi, obyektning joylashuvi va sotuv bosqichi, hamda joy band qilingani yoki xarid qilingani kabi ko‘plab jihatlarga bog’liq. Shu sababli sizni ariza qoldirishingizni iltimos qilamiz. Mutaxassislarimiz eng qisqa vaqt ichida siz bilan bog’lanib, ma’qul variant to‘g’risida ma’lumotlarni taqdim etadilar.

Ha, albatta. Tashkent INDEX majmuasida o’z savdo nuqtangizni tashkil eting va 2022 yilning oxiriga qadar BEPUL ijara asosida do’konga ega bo’ling.

Ha, albatta, Siz savdo va ishlab chiqarish maydonlarni muddatli to’lov asosida sotib olishingiz mumkin.

Muddati to’lov turlari:

  • 15% boshlang’ich to’lovi bilan 36 oyga
  • Maxsus taklif: 20% boshlang’ich to’lovi bilan 2023 yil mart oyigacha muddatli to’lov (ushbu taklif faqat C1 va D1 bloklardagi savdo va kichik ishlab chiqarish maydonlari uchun amal qiladi)

    Bundan tashqari, Siz TASHKENT INDEX majmuasidagi tijorat maydonlarni kredit asosida sotib olishingiz mumkin. Kredit shartlari to’g’risida to’liq ma’lumot olish uchun Milliy bank (NBU) KAPITAL BANK va TRASTBANK filiallariga murojaat qiling.

TASHKENT INDEX majmuasidagi barcha obyektlar 2023 II choragigacha to’liq foydalanishga topshiriladi.

Tadbirkorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Logistika markazining xizmatlari, qulay va zamonaviy infratuzilma, gaz, suv va energiya ta’minoti, ventilyatsiya tizimi va boshqa sharoitlar.

Shuningdek, TASHKENT INDEX’dagi tadbirkorlar uchun elektron tijorat platformasi yaratiladi. Bu yerda Siz onlayn-tarzda savdo qilishingiz mumkin bo’ladi.

Shu bilan birga, TASHKENT INDEX majmuasi MIMAR SERVICE xizmat ko’rsatish korxonasi ostida bo’ladi. Bu degani majmua hududida doimo tozalik, xavfsizlik va kommunikatsiya tizimlarining uzluksiz faoliyati ta’minlanadi.

Sergeli metro yo’nalishidan TASHKENT INDEX majmuasigacha muntazam elektrobus qatnovi yo’lga qo’yiladi.

Majmua hududida viloyatlararo taksi va avtobus stansiyasi mavjud bo’ladi. Viloyatlararo qatnash tariflari yo’lovchi tashish korxonalari tomonidan o’rnatiladi.

Tadbirkorlar uchun alohida yuk avtobazasi barpo etiladi.

Tashrif buyuruvchilar uchun 7 500 o’rinli keng avtoturargoh quriladi. TASHKENT INDEX hududiga kirib kelish bepul.

MIMAR SERVICE boshqaruv servis korxonasi bo’lib, TASHKENT INDEX majmuasining tashkiliy masalalari bilan shug’ullanadi. MIMAR SERVICE korxonasi ichki va tashqi tozalik, qo’riqlash hamda infratuzilma ishlarni amalga oshiradi.

BIZ BILAN BOG’LANING

Axborot markazi:

+998 (55) 900 99 99

Sotuv ofisi manzili:

Yangihayot tumani, Yangi Sergeli va Qipchoq ko’chalari kesishuvi.

Mo’ljal:

Sergeli yarmarkasidan 200 metr.

Xarita

Ish jadvali:

Har kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha

e-mail

info@mimar.uz

Arizangizni qoldiring

Shaxsiy ma’lumotlaringizni qoldiring. Biz siz bilan qisqa vaqt ichida bog’lanamiz.